E. O’ta tub son

Time limit : 1000 ms
Memory limit : 64 mb

Tub sonlar ro’yxatini o’sish tartibida joylashtirganda tub sonning bu ro’yxatdagi indeksi ham tub bo’lsa u o’ta tub son deb aytiladi. Masalan tub sonlar: $2, 3, 5, 7$ tub sonlardan $3$ va $5$ o’ta tub, chunki ularning indekslari mos ravishda $2$ va $3$. $2$ va $7$ sonlarining indekslari mos ravishda $1$ va $4$. Sizning vazifangiz $k$-o’ta tub sonni topish.


Kiruvchi ma’lumotlar: Birinchi qatorda bitta butun $k$ soni berilgan $(1 \le k \le 18000)$.


Chiquvchi ma’lumotlar: Bitta sonni $k$-o’ta tub sonni chiqaring.

Input
1
Output
3
Input
2
Output
5