4 Yil oldin

2019-yil 10-noyabr kuni soat 13:00 ACM ICPC xalqaro olimpiadasining chorak finali ( The 2019 Uzbekistan and Tajikisan regional contest) bo`lib o`tdi. Musobaqa qizg`in tarzda bo`lib o`tdi,musobaqada jamolarga jami 13 ta masalalarni yechishga 5 soat vaqt berildi. Natijalarga ko`ra Moskva davlat universiteti Toshkent filial, MSU Tashkent 1 Awesome Team jamoa a`zolari Shaxzod Toshpulatov, Akmal Ashirmatov, Igor Dostavalovlar 1-o`rinni, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali, Tuit Urgench branch #1 jamoasi Muhammad Rahimov, Nazarbek Boltabayev, Doniyor Sayfullaevlar 2-o`rinni, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Genius Coders jamoasi ishtirokchilari Muhammadkarim Toxtaboyev, Munisbek Satimov, Nail Karimovlar 3-o`rinni egallashdi.


Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialidan jami 5 jamoa ishtirok etishdi.

  1. Tuit Urgench branch #1 (Muhammad Rahimov, Nazarbek Boltabayev, Doniyor Sayfullaev) 2-o'rin
  2. Tuit Urgench branch #9 (Alisher Razzoqberdiyev, Shohruh Sadullayev, Husanboy Abdullayev) 18-o'rin
  3. Tuit Urgench branch #2 (Olimboy Shavkatov, Zarif Bekturdiev, Zafarbek Kamuljonov) 19-o'rin
  4. Tuit Urgench branch #3 (Bobojon Bobojonov, Mavluda Rahimquliyeva, Anaxon Ismoilova) 37-o'rin
  5. Tuit Urgench branch #4 (Saidnazar Saidnazarov, Shohruxbek Babayev, Bakhtiyor Kalandarov) 38-o'rin