2 Yil oldin

Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi TATU Urganch filiali talabalarining qishki ta’tilda bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish maqsadida joriy yilning 10-yanvar kuni talabalar o'rtasida dasturlash bo'yicha olimpiadaning I turi o'tkazildi. Bu musobaqada jami 48 nafar talaba online ishtirok qilishdi. Eng ko’p 8 ta masala yechgan 951-18 guruh talabasi Sayfullayev Doniyor birinchilikni qo'lga kiritdi.

Musobaqa natijalari bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin:

https://algo.ubtuit.uz/contest/18/standings

Bu bosqichda talabalar yechgan masalalar soniga qarab saralanadi , 3 va undan ko'p masala yechgan talabalar keyingi II turga yo'llanma oldilar. II turda ham barcha talabalar qatnashishi mumkin. Yakuniy III turda shu ikkala (I va II turda) yaxshi natijalarga erishgan talabalar qatnashadi. II tur uchun ro'yxatdan o'tish qismi tez orada tizimga joylashtiriladi.