2 Yil oldin

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Urganch filiali tomonidan buyuk ajdodlarimiz merosini asrash va yoshlar o'rtasida aniq fanlarni targ'ib qilish maqsadida har yili an'anaviy tarzda Al-Xorzmiy tanlovi o'tkazib kelinmoqda.

2022-yilgi Al-Xorazmiy tanlovi 2 bosqichda o'tkaziladi. 1-bosqich 7-may kuni onlayn tarzda quyidagi havola orqali o'tkaziladi:

https://algo.ubtuit.uz/contest/20/pending

Unda ishtirok etish uchun algo.ubtuit.uz tizimida ro'yxatdan o'tish yetarli.

2-yakuniy bosqich 14-may kuni TATU Urganch filiali binosida o'tkaziladi. Ishtirokchilar 1-bosqichdagi natijalariga qarab ikkinchi bosqichga yo'llanma oladi.