Expected Contests

Diqqat e’lon!!!. Filialimizning birinchi bosqich talabalari uchun dasturlash bo’yicha xalqaro olimpiadaga saralash musobaqasi o’tkaziladi.Musobaqa algo.ubtuit.uz saytida o’tkaziladi. Musobaqa 2021-yil 24-noyabr kuniga rejalashtirilgan . Musobaqada qatnashish uchun saytdagi login paroldan foydalanishingiz mumkin. Musobaqa talabalar uchun 1-marta o'tkazilayotganini xisobga olib asosiy musobaqa oldidan tizimni tekshirish turi bo'lib o'tadi. Tekshirish turi 17-noyabrsoat 14:00 dan 16:00 ga qadar davom etadi. Musobaqadan keyin masalalar tahlilini o’tkazamiz. Asosiy musobaqa 24-noyabr kuni soat 14:00 ga rejalashtirildi Musobaqaning ikkita turi ham elektron hukumatda o'tkaziladi. Filialga kelib qatnashmagan talabalarning natijalari hisobga olinmaydi. Saralash musobaqamizga Filialimizdagi barcha 1-bosqich talabalarini taklif etamiz!!!

Read More
1 Oy oldin

GitHub - khanhhuynguyenvu/ACM-ICPC

2021-yil 9-oktabr kuni soat 14:00 TATU Urganch filialida ACM ICPC xalqaro olimpiadasi uchun saralash bosqichi bo'lib o'tdi. Musoboqada 40 yaqin ishtirokchi qatnashdi. Musobaqa qizg`in tarzda bo`lib o`tdi, musobaqada ishtirokchilarga jami 9 ta masalalarni yechishga 3 soat vaqt berildi. Natijalarga ko`ra 944-18 guruhi talabasi Maqsudov Elbek 1-o'rin, 941-19 guruhi talabasi Qalandarov Baxtiyor 2-o'rin, 944-19 guruhi talabasi Xudoyorov Umrbek 3-o'rinni egallashdi. Jami ishtirokchilardan 9 dan 5 ta masala yechgan 14 ta ishtirokchi keyingi bosqichga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

Read More
2 Oy oldin

2019-yil 10-noyabr kuni soat 13:00 ACM ICPC xalqaro olimpiadasining chorak finali ( The 2019 Uzbekistan and Tajikisan regional contest) bo`lib o`tdi. Musobaqa qizg`in tarzda bo`lib o`tdi,musobaqada jamolarga jami 13 ta masalalarni yechishga 5 soat vaqt berildi. Natijalarga ko`ra Moskva davlat universiteti Toshkent filial, MSU Tashkent 1 Awesome Team jamoa a`zolari Shaxzod Toshpulatov, Akmal Ashirmatov, Igor Dostavalovlar 1-o`rinni, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali, Tuit Urgench branch #1 jamoasi Muhammad Rahimov, Nazarbek Boltabayev, Doniyor Sayfullaevlar 2-o`rinni, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Genius Coders jamoasi ishtirokchilari Muhammadkarim Toxtaboyev, Munisbek Satimov, Nail Karimovlar 3-o`rinni egallashdi.

Read More
1 Yil oldin