Expected Contests

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Urganch filiali talabalari diqqatiga! Joriy yilning 10-20 yanvar kunlari talabalar o'rtasida dasturlash bo'yicha olimpiada o'tkazilishi rejalashtirilmoqda. Olimpiada 3 turda o'tkaziladi:

I tur 10-yanvar 2022-yil

II tur 15-yanvar 2022-yil

III tur 20-yanvar 2022-yil

Har bir bosqichda talabalar yechgan masalalar soniga qarab saralanadi va keyingi bosqichga yo'llanma oladilar. Oxirgi yakuniy bosqich bo'yicha yuqori natijalarga erishgan talabalarga qimmatbaho sovg'alar topshiriladi. Barcha talabalarni olimpiadaga qatnashishga taklif etamiz!

Musobaqaga o'tish:

https://algo.ubtuit.uz/contest/18/pending

Read More
2 Yil oldin

Diqqat e’lon!!!. Filialimizning birinchi bosqich talabalari uchun dasturlash bo’yicha xalqaro olimpiadaga saralash musobaqasi o’tkaziladi.Musobaqa algo.ubtuit.uz saytida o’tkaziladi. Musobaqa 2021-yil 24-noyabr kuniga rejalashtirilgan . Musobaqada qatnashish uchun saytdagi login paroldan foydalanishingiz mumkin. Musobaqa talabalar uchun 1-marta o'tkazilayotganini xisobga olib asosiy musobaqa oldidan tizimni tekshirish turi bo'lib o'tadi. Tekshirish turi 17-noyabrsoat 14:00 dan 16:00 ga qadar davom etadi. Musobaqadan keyin masalalar tahlilini o’tkazamiz. Asosiy musobaqa 24-noyabr kuni soat 14:00 ga rejalashtirildi Musobaqaning ikkita turi ham elektron hukumatda o'tkaziladi. Filialga kelib qatnashmagan talabalarning natijalari hisobga olinmaydi. Saralash musobaqamizga Filialimizdagi barcha 1-bosqich talabalarini taklif etamiz!!!

Read More
3 Yil oldin

GitHub - khanhhuynguyenvu/ACM-ICPC

2021-yil 9-oktabr kuni soat 14:00 TATU Urganch filialida ACM ICPC xalqaro olimpiadasi uchun saralash bosqichi bo'lib o'tdi. Musoboqada 40 yaqin ishtirokchi qatnashdi. Musobaqa qizg`in tarzda bo`lib o`tdi, musobaqada ishtirokchilarga jami 9 ta masalalarni yechishga 3 soat vaqt berildi. Natijalarga ko`ra 944-18 guruhi talabasi Maqsudov Elbek 1-o'rin, 941-19 guruhi talabasi Qalandarov Baxtiyor 2-o'rin, 944-19 guruhi talabasi Xudoyorov Umrbek 3-o'rinni egallashdi. Jami ishtirokchilardan 9 dan 5 ta masala yechgan 14 ta ishtirokchi keyingi bosqichga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

Read More
3 Yil oldin

2019-yil 10-noyabr kuni soat 13:00 ACM ICPC xalqaro olimpiadasining chorak finali ( The 2019 Uzbekistan and Tajikisan regional contest) bo`lib o`tdi. Musobaqa qizg`in tarzda bo`lib o`tdi,musobaqada jamolarga jami 13 ta masalalarni yechishga 5 soat vaqt berildi. Natijalarga ko`ra Moskva davlat universiteti Toshkent filial, MSU Tashkent 1 Awesome Team jamoa a`zolari Shaxzod Toshpulatov, Akmal Ashirmatov, Igor Dostavalovlar 1-o`rinni, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali, Tuit Urgench branch #1 jamoasi Muhammad Rahimov, Nazarbek Boltabayev, Doniyor Sayfullaevlar 2-o`rinni, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Genius Coders jamoasi ishtirokchilari Muhammadkarim Toxtaboyev, Munisbek Satimov, Nail Karimovlar 3-o`rinni egallashdi.

Read More
4 Yil oldin