3 Yil oldin

Diqqat e’lon!!!. Filialimizning birinchi bosqich talabalari uchun dasturlash bo’yicha xalqaro olimpiadaga saralash musobaqasi o’tkaziladi.Musobaqa algo.ubtuit.uz saytida o’tkaziladi. Musobaqa 2021-yil 24-noyabr kuniga rejalashtirilgan . Musobaqada qatnashish uchun saytdagi login paroldan foydalanishingiz mumkin. Musobaqa talabalar uchun 1-marta o'tkazilayotganini xisobga olib asosiy musobaqa oldidan tizimni tekshirish turi bo'lib o'tadi. Tekshirish turi 17-noyabrsoat 14:00 dan 16:00 ga qadar davom etadi. Musobaqadan keyin masalalar tahlilini o’tkazamiz. Asosiy musobaqa 24-noyabr kuni soat 14:00 ga rejalashtirildi Musobaqaning ikkita turi ham elektron hukumatda o'tkaziladi. Filialga kelib qatnashmagan talabalarning natijalari hisobga olinmaydi. Saralash musobaqamizga Filialimizdagi barcha 1-bosqich talabalarini taklif etamiz!!!