F. Sanoq sistemasi

Time limit : 1000 ms
Memory limit : 64 mb

Murodjon sanoq sistemalari bilan ishlashni o’rganyapti. Hozirda Shavkat unga qiziqarli topshiriq bergan. Unga ko’ra Shavkat Murodjonga biror sanoq sistemasidagi n sonini aytadi, Murodjon esa bu son qaysi minimal tartibli sanoq sistemasida yozilganini aniqlashi zarur. Murodjon bu topshiriqni a’lo darajada uddaladi. Siz ham bu topshiriqni bajara olasizmi?

Kiruvchi ma’lumotlar: Yagona satrda n soni, n soni quyidagi belgilardan tashkil topishi mumkin:

1. Raqamalar – 0,1,2,…,9.

2. Lotin alfavitidagi katta harflar – A,B,C,…,Z.

Chiquvchi ma’lumotlar: Yagona satrda n soni yozilgan sanoq sistemasining minimal tartibi.

Eslatma: Sanoq sistemalaring tartibi 2 dan 36 gacha bo’lishi mumkin.

Input
10011101
Output
2
Input
12A520F
Output
16