Category
Similar Problems
0904. Axborot uzatish
Time limit : 1000 ms
Memory limit : 64 mb
Hozirda raqamli dunyoda yashayotganimiz sababli axborot almashuvi asosan elektron tarzda yuz beryapti. Bir qurilmadan ikkinchi qurilmaga axborot o’tkazish lozim. Axborotning hajmi m megabayt. Axborot yetkazish soniyasiga k kilobaytni tashkil etadi. Axborotni arxivlash orqali hajmini kichraytirish mumkin. Axborotni arxivlash uchun s soniya kerak bo’ladi va arxivlangandan so’ng l megabayt hajmda bo’lib qoladi. Sizning vazifangiz axborotni bir qurilmadan ikkinchisiga minimal vaqtda yetkazib berishdan iborat.
Kiruvchi ma’lumotlar: Birinchi qatorda 4 ta natural son beriladi m, k, s, l (1 ≤ m, k, s, l ≤ 1024).
Chiquvchi ma’lumotlar: Yagona qatorda butun son, masala yechimini soniyalarda chiqaring.
№ |
Kiruvchi ma’lumotlar |
Chiquvchi ma’lumotlar |
1 |
10 1024 1 8 |
9 |
2 |
2 1023 3 1 |
3 |
Izoh: 1-testda agarda axborotni arxivlasak u 8 mb hajmga kelib qoladi. Buning uchun 1s vaqt ketadi. 8 mb axborotni 8s yetkazsa bo’ladi. Umumiy vaqt 8 + 1 = 9.
Avtor: Kamuljanov Zafarbek(a.k.a. ZAKAM)