Category
Similar Problems
0900. Jek va uning do`stlari
Time limit : 1000 ms
Memory limit : 64 mb
Jek Chittak (dengiz qaroqchisi) bir kuni uyida mehmon kutayotgan ekan. U kechaga N ta do`stini taklif qilibdi. Ular kechada maza qilib o`tirishibdi. Keyin esa Jeckning do`stlari uyda qolishga qaror qilishibdi. Shu bois Jek do`stlariga to`shak va yostiq berishi kerak. Bizga Jekning uyida M ta yostiq borligi ma`lum. Jek do`stlariga yostiqni shunday taqsimlashi kerakki, o`ziga eng ko`p yostiq olsin va shu bilan birgalikda har bir do`stining yostiqlar soni yonidagidan ko’pi bilan 1 ga farq qilsin. Bizga Jekning qayerda yotganligi K ham beriladi.
Kiruvchi ma’lumotlar: Birinchi qatorda 3 ta butun son beriladi N, M, K (1 ≤ K ≤ N ≤ 109) (1 ≤ M ≤ 109).
Chiquvchi ma’lumotlar: Yagona qatorda Jekning olishi mumkin bo`lgan eng ko`p yostiqlar soni.
№ |
Kiruvchi ma’lumotlar |
Chiquvchi ma’lumotlar |
1 |
4 9 2 |
3 |
2 |
5 9 3 |
3 |
3 |
5 11 5 |
4 |
Izoh: Birinchi testda taqsimlash bunday bo’ladi – {2,3,2,2}. 3 dan ko’p olishni ilojisi yo’q.
Avtor: Zarif Bekturdiyev