Category

Similar Problems

0893. Kinoteatr

Time limit : 1000 ms
Memory limit : 64 mb

         Umarjon kinoteatrga borib kino tomosha qilishni yoqtiradi. U yaqinda “O’rgimchak odam: Uyga qaytish” filmiga chipta sotib oldi. Kinoteatr maydoni nxn o’lchamdagi matritsadan iborat bo’lib, Umarjonning biletida (x, y) koordinatadagi joy (ya’ni x-qatordan y-o’rindiq) yozilgan. Umarjon kinoteatr zaliga yetib keldi va hozir o’z joyida o’tiribdi. U zalga erta kelganligi sababli hozirda zalda hech kim yo’q. Umarjon kinoni matritsaning asosiy yoki yordamchi diagonalidagi o’rindiqlarda o’tirib tomosha qilishni yoqtiragi uchun o’zi yoqtirgan eng yaqin joyga borib o’tirmoqchi. Umarjon bir o’tishda qo’shni bo’lgan joylarga ya’ni (x+1, y), (x-1, y), (x, y+1), (x, y-1) o’rindiqlarning biriga o’ta oladi. Sizdan Umarjon o’zi yoqtirgan joyiga borib o’tirishi uchun qancha minimal masofa ya’ni minimal nechta o’rindiqdan o’tishi kerakligini hisoblash talab etiladi.

Kiruvchi ma’lumotlar: Yagona satrda uchta butun son n, x, y (1 ≤ n ≤ 109, 1 ≤ x, y n).

Chiquvchi ma’lumotlar: Yagona qatorda masalaning javobi.

Kiruvchi ma’lumotlar

Chiquvchi ma’lumotlar

1

12 3 5

2

2

5 1 5

0