Category

Similar Problems

0865. Kalendar

Time limit : 1000 ms
Memory limit : 64 mb

            TATU Urganch filiali 4 - kurs talabasi  Davlatmurod qiziq bir masalaga duch keldi, bu masalaga ko’ra Davlatmurod boshqalarning tug’ilgan kun , oy va yilini bilgan holda  haftaning qaysi kuninda tug’ilganini hisoblab topishi kerak edi. Davlatmurd 01.01.0001 “Dushanba” ekanligini va kabisa yillarini bilgan holda bu masalani osonlik bilan yechdi. Kabisa yili deb 400 ga bo'linadigan yoki 4 ga bo'linib 100 bo'linmaydigan yillar kiradi. Edi bu masalani Davlatmurod  sizga topshiriq sifatida berishga qaror qildi. Siz bu masalani yecha olasizmi? Sizga DD-MM-YYYY ko’rinishida biror sana berilgan bo’lsin. Sizdan ushbu sana haftaning qaysi kuniga to’g’ri kelishini hisoblash talab etiladi. 

Kiruvchi ma’lumotlar: Bitta satrda uchta natural son d, m, y bitta probel bilan ajratilgan holda beriladi. Kiritilgan sana xato berilmasligi kafolatlanadi. Kiritilgan sanalar “01.01.0001” dan “31.12.2999”gacha oraliqda beriladi.

Chiquvchi ma’lumotlar: Chiquvchi ma’lumotlar: Sana qaysi hafta kuniga to’g’ri kelishini hafta kunlarida chiqaring. (“Dushanba”, “Seshanba”, “Chorshanba”, “Payshanba”, “Juma”, “Shanba”, “Yakshanba”). Hisoblashda kabisa yillari ham hisobga olinishi shart.

Kiruvchi ma’lumotlar

Chiquvchi ma’lumotlar

1

1 1 1

Dushanba

2

17 3 2017

Juma