Category

Similar Problems

0861. Kvadrat yasash

Time limit : 1000 ms
Memory limit : 64 mb

         TUIT Urgench Branch#3 jamoasi a’zosi Furqat qiziqarli boshqotirmalarni yaxshi ko’radi. U yaqinda quyidagicha boshqotirmaga duch keldi. Bunga ko’ra Furqatga 3 ta to’g’ri to’rtburchak shaklidagi qog’ozlar beriladi. Furqatdan bu qog’ozlarni ustma-ust qo’ymagan va ularni qirqmagan holda ularni birlashtirib kvadrat yasash talab etiladi. Furqat bu topshiriq ustida bosh qotirmoqda. Sizdan Furqat urinayotgan boshqotirmani bajarish mumkin yoki yo’qligini aniqlash talab etiladi.

Kiruvchi ma’lumotlar: 3 ta satrda 2 tadan butun son to’g’ri to’rtburchaklarning eni va bo’yi beriladi. (1 ≤ a1, b1, a2, b2, a3, b3 ≤ 109).

Chiquvchi ma’lumotlar: Yagona qatorda agar bu topshiriqni bajarish mumkin bo’lsa “YES”, aks holda “NO” so’zini chiqaring.

Kiruvchi ma’lumotlar

Chiquvchi ma’lumotlar

1

2 1
3 2
4 2

YES

2

3 3
4 3
2 6

NO