Category
Similar Problems
0858. Watson va massiv
Time limit : 1000 ms
Memory limit : 128 mb
Jon Watson [a0, a1, … an-1] butun sonlar massivi ustida o'nga siklik surish amalini bajarmoqda. Bitta o'nga siklik surish amalini bajargandan keyin [a0, a1, … an-1] massiv [an-1, a0, a1, … , an-2] ga o'zgaradi.
Watson shu amalni k marta bajardi. Endi u Sherlockni hosil bo'lgan massiv bilan sinab ko'rmoqchi. Watson Sherlockga boshlang'ich massivni va qancha marta surish amalini bajarganini aytadi va Q ta savol beradi. Har bir bitta M sonidan iborat. Sherlock hosil bo'lgan massivdagi M o'rinda turgan elementni aytishi kerak. Bu sinovda Sherlockga yordam bering.
Kiruvchi ma'lumotlar:
Birinchi qatorda probel bilan ajratilgan holda n, k, q butun sonlar ketma ket kiritiladi.
Keyingi qatorda n ta butun son massiv elementlari probel bilan ajratilgan holda kiritiladi.
Keyingi Q qatorda Sherlockga berilgan savollar(ya'ni M).
Chiquvchi ma'lumotlar:
Har bir savol uchun savollarni kiritilish ketma-ketligida har birini yangi qatordan chiqarish kerak.
Chegaralar:
0 < n < 105
0 < ai < 105
0 < k < 105
0 < Q < 500
0 < M < n
Kiruvchi ma'lumotlar |
Chiquvchi ma'lumotlar |
3 2 3 1 2 3 0 1 2 |
2 3 1 |
Izoh:
Birinchi surishdan keyin massiv quyidagi ko'rinishga keladi [3, 1, 2].
Ikkinchi surishdan keyin massiv [2, 3, 1] ko'rinishga keladi.
Birinchi so'rov 0 bo'lganligi tufayli 0 – o'rinda turgan elementni ya'ni 2 ni chiqaramiz.
Keyingi so'rov 1 shu tufayli 3 ni chiqaramiz.
Keyingi so'rov 2 bo'lgani uchun 1 ni chiqaramiz.