Category

Similar Problems

0851. Arxitektorga yordam

Time limit : 1000 ms
Memory limit : 64 mb

Bahrom arxitektura oliygohida tahsil oladi. U hozirda qurilish maydonida amaliyot o’tamoqda. Qurilish maydonida qurilishi tugallanmagan zina bor edi, uni tugallashni Bahromga amaliyot topshirig’i sifatida berishdi. Eni L ga teng bo’lgan Zina 2 xil ko’rinishda bo’lishi mumkin.

1)    h1=1, h2=2, … , hL=L

2)    h1=L, h2=L-1, … , hL=1

Bu yerda hi i - zinapoyaning balandligi (balandlik zinapoyaga qo’yilgan g’ishtlarning soni bilan o’lchanadi). Hozirda tugallanmagan zinaning n ta zinapoyasi bo’lib ularning balandliklari H1, H2, H3, …, Hn. Amaliyot topshirig’iga ko’ra Bahrom bu zinapoyaning bitkazishi (ya’ni yuqoridagi 2 ko’rinishdan biriga olib kelishi) va bunda minimal sondagi g’ishtlarni ishlatishi kerak. Masalan zina H = {2, 1, 2, 3, 2} uchun quyidagicha:

Bahrom dasturlashni bilmagani uchun zinani bitkazishda kerak bo’ladigan minimal g’ishtlar sonini hisoblay olmayapti va sizdan yordam so’ramoqda. Sizdan minimal g’ishtlar sonini hisoblab topish talab etiladi.

Kiruvchi ma’lumotlar: Birinchi satrda bitta butun son n bitmagan zinaning zinapoyalari soni (1 ≤ n ≤ 105). Keyingi satrda n ta butun son Hi i-zinapoyaning balandligi (1 ≤ Hi ≤ 109).

Chiquvchi ma’lumotlar: Bitta butun son zinani bitkazish uchun kerak bo’ladigan minimal g’ishtlar soni.

Kiruvchi ma’lumotlar

Chiquvchi ma’lumotlar

1

5
2 1 2 3 2

11

2

1
2

1