Category

Similar Problems

0849. Qism_palindrom

Time limit : 1000 ms
Memory limit : 64 mb

Filialimiz talabasi Davlatmurod satr masalalarini , ayniqsa palindrom masalalarini yoqtiradi. Palindrom satr deb chapdan va o’ngdan bir xil o’qiladigan satrga aytiladi. Masalan abba va ioi palindrom satrlar, abea palindrom emas. U yaqinda bir masalaga duch keldi. Bu masalaga ko’ra satrning palindrom bo’lgan qism satrlari sonini topish kerak edi. s satrning qism satrlari deb barcha 0≤ i ≤ j ≤ n-1 (bu yerda n − s satrning uzunligi) juftliklar uchun si,si+1…sj lardan tuzilgan satrlarga aytiladi. Masalan aab satrning qism satrlari: a, aa, aab, a, ab, b. Davlatmurod bu masalaga o’xshash masalalarni ko’p yechganligi tufayli bu masalani osonlik bilan yechdi. Endi bu masalani sizga topshiriq sifatida berishga qaror qildi.

 

Kiruvchi ma’lumotlar: Yagona satrda s(1 ≤ |s| ≤ 105) satr berilgan. Satr faqat kichik lotin alfaviti harflaridan iborat.

 

Chiquvchi ma’lumotlar: Yagona satrda masala yechimini chiqaring.

 

Kiruvchi ma’lumotlar

Chiquvchi ma’lumotlar

1

aab

4

2

abba

6

Birinchi test uchun javob : a, aa, aab, a, ab, b