Category
Similar Problems
0833. Soya
Time limit : 1000 ms
Memory limit : 64 mb
Islom sayohat qilishni yoqtiradi. U o’tgan kuzda kunchiqar mamlakat Yaponiyaga sayohat uyushtirdi. Bilasiz Yaponiya o’zining baland tog’lari bilan mashhur. Bu tog’lar Islomning ham e’tiboridan chetda qolmadi. Islom Yaponiyaning Fudji tog’iga chiqishga qaror qildi. U dasturlashga juda qiziqqani uchun bu joyda ham qiziq bir masalaga duch keldi: U tog’ga quyoshga tomon chiqayotganida o’z soyasi uzunligini o’zgarayotganini payqadi. U o’zinging bo’yi va tog’ga chiqmasdan oldingi soyasining uzunligini bilgan holda, tog’ga chiqayotib yerdan H balandlikka ko’tarilgandagi soyasini uzunligini topmoqchi.
Sizdan ham Islom javob qidirayotgan masalaning yechimini topuvchi dastur tuzish talab etiladi. Bunda sizga h – Islomning bo’yining uzunligi, d – uning tog’ga chiqmasdan oldingi (yerdagi) soyasining uzunligi, H - Islom tog’ga chiqib ko’tarilgan balandligi va a - Islom ko’tarilayotgan tog’ning gorizontga nisbatan qiyaligi (gradusda) beriladi. Sizdan Islomning H balandlikka ko’tarilgandagi hosil bo’lgan soyasini uzunligini topish talab etiladi. Quyoshning gorizontga nisbatan burchagi hamisha tog'ning qiyaligidan katta bo'ladi.