Category
Similar Problems
0832. Masha va Maymoq
Time limit : 1000 ms
Memory limit : 64 mb
Maymoq Mashani juda yaxshi ko’radi. Endi u Masha bilan birgalikda o’z uyini kvadrat shaklida panjaralar bilan o’ramoqchi. Uning uyi dekart koordinatalar sistemasida joylashgan va u panjaralar o’tishi kerak bo’lgan kvadratning diagonalda joylashgan ikkita nuqtasining koordinatalarini biladi.
U panjaralarni o’rnatishi uchun kvadratning qolgan ikkita nuqtasining koordinatalarini ham hisoblab topmoqchi. Lekin u Masha bilan ham bu nuqtalarni koordinatalarini topa olmadi va sizdan bu masalani javobini topishda yordam so’ramoqda. Maymoq va Mashaga yordam bering.
Kiruvchi ma’lumotlar: Yagona satrda x1, y1, x2, y2 butun sonlari kvadratning diagonali uchlarida joylashgan ikkita nuqtaning koordinatalari (-1000 ≤ x1,y1,x2,y2 ≤ 1000).
Chiquvchi ma’lumotlar: Dastlabki ikkita qatorda kvadratning qolgan uchlari koordinatalari x va y larni alohida qatorda bitta probel bilan ajratilgan holda 10-2 aniqlikda chiqaring. Bu nuqtalarni x larini o’sish bo’yicha agar x lari teng bo’lsa y larini o’sish tartibida chiqaring.
№ |
Kiruvchi ma’lumotlar |
Chiquvchi ma’lumotlar |
1 |
0 0 2 3 |
-0.50 2.50 2.50 0.50 |
2 |
0 0 1 1 |
0.00 1.00 1.00 0.00 |