Category
Similar Problems
0831. IDM
Time limit : 1000 ms
Memory limit : 64 mb
TATU Urganch filiali talabasi Yusupov G’iyos internetdan musiqa, o’yin va video fayllarni yuklab olishni yoqtiradi. U internetdan ko’plab fayllarni yuklab oladi va yuklash jarayonida Internet Download Manager (IDM) dasturidan foydalanadi. G’iyos fayl yuklab olish tezligiga juda qiziqadi. Lekin yuklash tezligining o’zgarib turishi unda bir qancha muommolarni keltirib chiqarmoqda. Shuning uchun G’iyos fayl yuklab olish tezligining o’rtacha qiymatini hisoblashga qaror qildi va bunda sizning yordamingizga muhtoj. Unda IDM dasturi yordamida olingan ma’lumotlar bor. Bu ma’lumotlarga ko’ra sizga n ta vaqt momenti va bu vaqtlarga mos tezliklar beriladi. Unga ko’ra IDM dasturi (0, t[1]] vaqt oralig’ida v[1], (t[1], t[2]] vaqt oralig’ida v[2] va hokazo (t[n-1], t[n]] vaqt oralig’ida v[n] tezlikda fayllarni yuklab olgan. Ya’ni (t[i-1],t[i]] vaqt intervaliga v[i] yuklab olish tezligi to’g’ri keladi. Sizdan bu ma’lumotlardan foydalangan holda yuklash tezligining o’rtacha qiymatini hisoblash talab etiladi.
Kiruvchi ma’lumotlar: Birinchi satrda N soni (1 ≤ N ≤ 105). Keyingi satrda N ta butun son vaqt momentlari o’sish tartibida sekundlarda beriladi (1 ≤ t[i] ≤ 108). Keyingi qatorda N ta butun son - vaqt momentlariga mos ravishda tezliklar Kb/s da beriladi (1 ≤ v[i] ≤ 104).
Chiquvchi ma’lumotlar: Yagona satrda bitta haqiqiy son o’rtacha tezlikni Mb/s da 10-5 aniqlikda chiqaring.
№ |
Kiruvchi ma’lumotlar |
Chiquvchi ma’lumotlar |
1 |
5 4 18 35 42 52 285 43 291 826 549 |
0.33731 |
Idea: Murodjon Davronov