Category

Similar Problems

0827. Qudrat va soat

Time limit : 1000 ms
Memory limit : 64 mb

Tatu Urganch Filiali talabasi Qudrat dasturlashga qiziqadi.Qudrat Acm Icpc (Association for Computing Machinery International Collegiate Programming Contest) Musobaqasiga tayyorlanayapti.Uning asosiy maqsadi musobaqaning Final bosqichida ishtirok etish.Bu maqsadga erishish uchun u ko`p masalalar ishladi. Qudrat oldingi yillardagi Acm dagi masalalarni ishlashga urinib ko`rdi ko`pchilik masalalar qiyinlik qilgani uchun u osonroq masalarni yechib ko`rdi. AcmIcpc dagi eng oson masalalar ko`pincha satrlar ustida oddiy amallar bajarish va oddiy realizatsiyalar. Masalan: ACM ICPC 2014-2015 mavsum dagi Alarm Clock masalasi.Qudratga bu masala yoqib qoldi shuning uchun shunday masala haqida o`ylab qoldi.Sizga quyidagi ko’rinishda HH:MM soat vaqti beriladi. Sizning vazifangiz berilgan soat vaqtini raqamlari yig’indisiga teng bo’lgan eng yaqin boshqa soat vaqtini topish. Agar bunday javoblardan bir nechta bo’lsa ulardan eng kichikini chiqaring. Agar javob bo’lmasa “Impossible” (qo’shtirnoqsiz) chiqaring.

Kiruvchi ma’lumotlar: Yagona qatorda HH:MM soat vaqti.

Chiquvchi ma’lumotlar: Masala shartini qanoatlantiradigan yechimni HH:MM ko’rinishida chiqaring . Agar yechimga ega bo’lmasa “Impossible”(qo’shtirnoqsiz) chiqaring.

Kiruvchi ma’lumotlar

Chiquvchi ma’lumotlar

1

18:05

18:14

2

07:27

07:18

3

00:00

Impossible

Avtor: Murodjon Davronov