Category
Similar Problems
0818. Yura va satrlar-2
Time limit : 1000 ms
Memory limit : 128 mb
Yura satrlarga doir masalalarni ishlashga qiziqadi, shuning uchun u satrlarga doir bir nechta algoritmlarni ham o`rgandi.Lekin hamma masalalar ham maxsus algoritm bilan ishlanmaydi, shuning uchun Yura satrlarga doir masalalarni ishlash uchun sirli va effektiv algoritm o`ylab topdi.Yura bu algortimni sirini faqat o`zi bergan masalani ishlab bilgan odamga o`rgatishini ma`lum qildi.Albatta Yura shundoq ham o`rgatishi mumkin edi lekin Yura shogirdlikka loyiq odamgagina bu algoritmni sirini ochishga qaror qildi.Demak u o`ylagan masalada albatta satrlar qatnashishi tabiiy, bu masalada ikkita satr qatnashadi.Qulay bo`lishi uchun ularni a va b deb nomlaylik. Yura sizga a satr ustida ikkita amal bajarishingizga ruxsat beradi: a satrni hohlagan bir harfini o`chirish va a satrni istalgan joyiga bir harf qo`shish. Yura teng satrlarni yoqtirgani uchun sizdan a satrni b satrga minimal amal bilan tenglashtirishni so`radi.Agar bu masalaga to`gri yechim topa olsangiz Yura sizga o`z sirini ochishga va`da berdi.
Kiruvchi ma`lumotlar : Birinchi qatorda A va ikkinchi qatorda B satrlar beriladi .
(1≤|A|≤ 2000, 1≤|B|≤ 2000).Bu yerda |S| - satr uzunligi. Satrlar ingliz alfavitining kichik harflaridan iborat.
Chiquvchi ma`lumotlar : Masala javobini bitta satrda chiqaring.
Kiruvchi ma`lumotlar |
Chiquvchi ma`lumotlar |
a c |
2 |
acb ab |
1 |
Izoh : Birinchi test uchun javob 2 amal bular: a harfini o`chirish, keyin c harfini yozish.
Ikkinchi test uchun javob 1 amall bu: c harfini o`chirish.