Category

Similar Problems

0676. Chegara armiyasi

Time limit : 2000 ms
Memory limit : 64 mb

Chegara armiyasida jami n askar bo’lib, ularning har biri malakaga ega. i – askar malakasi a[i] ga teng. Ular bir qator bo’lib chegarada saflanib turishibdi. Armiya qo’mondoni tungi navbatchilikni tashkil qilmoqchi. Uning rejasiga ko’ra:

1.     Har bir tungi navbatchilikda uchta askar qoladi va qolganlar esa uyquga ketishadi. Har bir askar o’z o’rnini o’zgartirmasdan, turgan o’rnida navbatchilik qilishi kerak.

2.     Uchta askardan o’rtadagi askarning malakasi chetki askarlar malakasidan katta bo’lishi kerak va u uch odamli guruhning vaqtincha kapitani vazifasini bajaradi.

3.     Ikki chetki askarlar malakalari bir xil bo’lishi kerak. Chunki ular bir-biriga bo’ysunmasdan kapitanning buyrug’iga bo’ysunishi kerak.

4.     Har bir uch askar keyingi navbatchiliklarda boshqa duch kelmasligi kerak(ulardan ikkitasi duch kelishi mumkin).

Armiya qo’mondoni shu talablarni bajargan holda kelgusida necha marta navbatchilikni tashkil qilishi mumkinligini bilishni xohlaydi. Unga bu ishda yordam bering.

Kiruvchi ma’lumotlar

Birinchi qatorda n natrular soni berilgan(1≤n≤105). Ikkinchi qatorda n ta son – askarlarning malakalari beriladi. i – turgan askar a[i] malakaga ega(1≤in, 1≤a[i]≤109).

Chiquvchi ma’lumotlar

Armiya qo’mondoni necha marta navbatchilik tashkil qilishi mumkinligini chiqaring.

Misollar

Kiruvchi ma’lumotlar

Chiquvchi ma’lumotlar

1

3

1 2 1

1

2

2

4 4

0

3

6

3 5 5 3 8 5

4

 

Avtor: Azat Yusupov
2015 yil Dasturlash bo'yicha Tatu va uning filiallari talabalari o'rtasida jamoaviy olimpiada. Final. Urgench 21-23 aprel.