Category

Similar Problems

0673. Maydon

Time limit : 1000 ms
Memory limit : 64 mb

Yo’ldosh yaqinda uy qurish uchun shahardan yer maydoni sotib oldi. Uning yer maydoni nxm lik to’g’ri to’rtburchak shaklida bo’lib, ba’zi yerlarida daraxtlar bor. Yo’ldosh tabiatni juda yaxshi ko’rganligi uchun daraxtlarni kesib tashlashni xohlamadi. Shuning uchun u maydon ichidan tomonlari berilgan maydon tanomlariga parallel va bitta ham daraxt bo’lmagan to’g’ri to’rtburchak shaklidagi maydonga uy qurish uchun tanlab olmoqchi. Yo’ldosh uning necha xil variant bor ekanligini bilishga qiziqib qoldi. Unga bu masalada yordam bering.

Kiruvchi ma’lumotlar

Birinchi qatorda maydon o’lchamlari n va m sonlari berilgan(1≤n,m≤300). Keyingi n ta qatorda har birida m tadan simvollar berilgan. Ularning qiymati ‘*’ bo’lsa bu katakda daraxt bor, ‘.’ bo’lsa daraxt yo’q ekanligini bildiradi.

Chiquvchi ma’lumotlar

Bitta sonni – maydonni tanlab olish mumkin bo’lgan barcha usullar sonini chiqaring.

Misollar

Kiruvchi ma’lumotlar

Chiquvchi ma’lumotlar

1

3 4

..**

....

**..

22

2

2 2

**

**

0

 

 

Avtor: Azat Yusupov
Dasturlash bo'yicha jamoaviy olimpiada 1-bosqich, saralash turi.