Category
Similar Problems
0669. Palindrom
Time limit : 1000 ms
Memory limit : 64 mb
Nodir kubiklardan so’z hosil qilishni juda yaxshi ko’radi. U kubik harflaridan so’z hosil qilib, unga qarab zavqlanib o’tirgandi. Lekin to’satdan uning do’sti Temur kelib kubiklarning tartibini o’zgartirib tashladi. Nodir endi berilgan so’zni qayta tiklashi kerak. Uning aytishicha, u hosil qilgan so’z palinrom so’z bo’lgan. Ikkala tamondan ham o’qiganda bir xil bo’ladigan so’z palindrom so’z deb ataladi. Unga berilgan so’zni qayta tiklashda yordam bering.
Kiruvchi ma’lumotlar
Birinchi qatorda Temur hariflar o’rinlarini almashtirib hosil qilgan so’z berilgan. U faqat lotin alfavitining kichik harflaridan iborat bo’lib uzunligi 1 dan 4000 gacha bo’lishi mumkin.
Chiquvchi ma’lumotlar
Birinchi qatorda Nodir istagan palindrom so’zni chiqaring. Agar bunday so’zlardan birnechtasi bo’lsa, u holda leksikografik jihatdan eng kichigini chiqaring. Agar Nodir u hosil qilgan so’z palindrom edi deb yanglishgan bo’lsa “Nodir you are wrong” so’zini chiqaring(qo’shtirnoqsiz).
Misollar
№ |
Kiruvchi ma’lumotlar |
Chiquvchi ma’lumotlar |
1 |
bbaa |
abba |
2 |
abc |
Nodir you are wrong |
Izoh
a1, a2, …, an ketma-ketlik b1, b2, …, bn ketma-ketlikdan leksikografik kichik deyiladi, agar barcha 1≤k<i uchun ak=bk va ai<bi shart bajariladigan shunday i(i=1..n) nomeri toplisa.
Dasturlash bo'yicha jamoaviy olimpiada 1-bosqich, saralash turi.