Category

Similar Problems

0668. Minionlarga sovg'a

Time limit : 1000 ms
Memory limit : 64 mb

Ma’lumki minionlar bananlarni juda yoqtirishadi. Shuning uchun Gyuri o’zining tug’ilgan kunida minionlarni bananlar bilan siylamoqchi bo’ldi. Jami n ta minion bo’lib, Gruyi ularning har biri uchun bananlar tayyorladi. i-minion uchun a[i] ta banan bermoqchi. Lekin birdan o’ylanib qoldi: “agar ularning har biriga bir xil sondagi bananlar bermasam ularning o’rtasida katta janjal kelib chiqadi“. Shuning uchun endi u bananlarni teng taqsimlomoqchi. Bir amal u istalgan bir minion uchun atalgan bananlardan birini olib tashlashi, yoki  istalgan bir minion bananlariga bir banan qo’shishi mumkin. Unda zahirada yetarlicha sondagi bananlar bor. Gyurining maqsadi bananlarni iloji boricha tezroq tenglashtirish, aks holda minionlar kelib qolishi mumkin. Bu ishni tez bajarishda unga yordam bering. Siz bananlarning hammasini bir xil songa olib kelish uchun minimal amallar sonini va ularni qanday songa olib kelish kerakligini topishingiz kerak.

.

Kiruvchi ma’lumotlar

Birinchi qatorda n butun soni – minionlar soni berilgan(1≤n≤105). Ikkinchi qatorda minionlar uchun dastlab tayyorlangan bananlar a[i] massiv ko’rinishida barilgan. Ularning qiymatlari butun va 1 dan 109 gacha bo’lishi mumkin.  

Chiquvchi ma’lumotlar

Birinchi qatorda barcha bananlar sonini tenglashtirish uchun minimal amallar sonini va ularning barchasinini qaysi songa olib kelish kerakligini chiqaring. Agar ikkinchi son yagona bo’lmasa ulardan eng kichigini chiqaring.

Misollar

Kiruvchi ma’lumotlar

Chiquvchi ma’lumotlar

1

4

2 3 2 3

2 2

2

1

5

0 5

Izoh: birinchi misolda bananlarning barchasini 2 yoki 3 2 ta amal bilan olib kelish mumkin. Minimal son 2 bo’lgani uchun uni chiqarish kerak.

 

 

Tayyorladi: Azat Yusupov
Online contest#8