Category

Similar Problems

0661. Uchburchak tort

Time limit : 1000 ms
Memory limit : 128 mb

Yaqinda Shavkatning tug’ilgan kuni bo’ldi. G'iyos unga uchburchak shaklida tort pishirdi, Yo'ldosh esa unga yordamlashdi. Ular doirani juda yoqtirishadi. Shuning uchun tortni har biri doira shaklida kesib olmoqchi. Tug’ilgan kun Shavkatniki bo’lganligi uchun birinchi bo’lib u uchburchak shaklidagi tortdan eng katta yuzali doira shaklida qismini kesib oldi. Asosiy oshpaz G'iyos bo’lganligi uchun ikkinchi bo’lib u qolgan qismdan eng katta yuzali doira shaklidagi qismni kesib oldi. Uchinchi bo’lib esa Yo'ldosh qolgan qismlardan yuzasi eng katta bo’ladigan qilib doira shaklida tort bo’lagini kesib oldi. Yeyishni boshlashdan oldin ularni bir savol qiziqtirib qo’ydi: Ularning har biri qanchadan tort yeyishmoqchi? Ularga bu savolga javob berishda yordam bering.

Kiruvchi ma’lumotlar

Birinchi qatorda uchta butun son, uchburchak tortning tomonlari uzunliklari a, b, c berilgan(1≤a,b,c≤1000). Bu sonlar uchburchak tengsizligini qanoatlantiradigan qilib beriladi.

Chiquvchi ma’lumotlar

Shavkat, G'iyos va Yo'ldoshning tort bo’laklari yuzalarini 10-6 aniqlikda bitta probel bilan ajratib chiqaring.

Misollar

Kiruvchi ma’lumotlar

Chiquvchi ma’lumotlar

1

6 7 8

11.780972 2.212878 1.423423

 

Tayyorladi: Azat Yusupov

 

Online contest#4