Category
Similar Problems
0660. Shavkat va baxtli bilet
Time limit : 1000 ms
Memory limit : 128 mb
Shavkat juda tejamkor va hamisha o’qishga avtobusda qatnaydi. Ovtobusga minishdan yana bir maqsadi unga bilet olgan vaqtda uning baxtli bilet ekanligini tekshirib ko’rish. Bu uning sevimli mashg’uloti. Urganch shahrida avtobus bileti 2n xonali son bo’lib(nol bilan boshlanishi mumkin), agar uning dastlabki n ta xonasi raqamlari yig’indisi oxirgi n ta xonasi raqamlari yig’indisiga teng bo’lsa baxtli bilet deb aytiladi. Shavkat hamisha shu umid bilan avtobusga chiqadi, lekin hozirga qadar biror marta ham bunday bilet unga yo’liqmadi. Bunday yurish joniga tekgach u baxtli bilet qanday bo’lishi kerakligini o’zi uchun oz’i o’ylab topdi. Uning fikricha: agar uning dastlabki n ta xonasi raqamlari yig’indisi oxirgi n ta xonasi raqamlari yig’indisidan katta bo’lsa, bilet baxtli bilet deb aytiladi. Bu qanchalik foydali ekanligini bilish uchun endi u 2n xonali sonlar ichida jami nechta baxtli bilet borligini hisoblab topmoqchi. Bu ish juda qiyin bo’lganli uchun unga bu ishda yordam bering.
Kiruvchi ma’lumotlar
Birinchi qatorda bitta butun n soni beriladi(1≤n≤9).
Chiquvchi ma’lumotlar
Birinchi qatorda Shavkatning nuqtai nazari bo’yicha 2n xonali baxtli biletlar sonini chiqaring.
Misollar
№ |
Kiruvchi ma’lumotlar |
Chiquvchi ma’lumotlar |
1 |
1 |
45 |
Tayyorladi: Azat Yusupov
Online contest#4