Category
Similar Problems
0659. Yo'ldosh va budilnik
Time limit : 1000 ms
Memory limit : 128 mb
Yo'ldosh juda mas’uliyatli talaba. U hamisha ertalab o’qishga, 1-paraga o’z vaqtida borishni yoqtiradi. Ertalab uyg’onish barcha talabalar uchun eng muommoli ish hisoblanadi, shu qatorda Yo'ldosh uchun ham. Shuning uchun u har tong uygo’nish uchun budilnikdan foydalanadi. Budilnikni ertalabki ma’lum vaqtga tuzadi. Budilnik shu vaqt kelganda chalishni boshlaydi va 1 daqiqa davomida chaladi. Birinchi marta chalgandan uyg’onish qiyin, shuning uchun budilniklarda takrorlanish davri ham bo’ladi. Agar bir daqiqada uyg’onmasa shu vaqt o’tgandan so’ng budilnik yana chalishni boshlaydi va hokozo. Masalan agar budilnik 05:00 ga tuzilgan va takrorlanish vaqti 3 minut bo’lsa, budilnik 05:01(05:01 vaqt momentining o’zi tegishli emas) gacha chalishdan to’xtaydi va keyingisi 05:04 da boshlanadi. Yo'ldosh uyqudan oldin budilnik vaqti va takror chalish vaqtini belgilaydi. U birnecha marta budilnik chalishdan so’ng uyg’ondi va soatga qaradi. Uni faqat bitta savol qiziqtiradi. Budilnik nechanchi marta chalayotgan ekan? Bu savolga javob berishda unga yordam bering.
Kiruvchi ma’lumotlar
Birinchi qatorda budilnik qaysi vaqtga tuzilgani, ikkinchi qatorda esa Yo'ldoshning uyg’ongan vaqti hh:mm(05≤hh≤12, 00≤mm≤59) formatda beriladi. Bu vaqtlar 05:00 dan 12:00 gacha bo’lishi mumkin va ikkinchi vaqt hamisha birinchi vaqtdan kam bo’lmaydi va bu ikkala vaqt bitta sutka vaqtlari. Uyg’onish vaqtida budilnik chalib turganligi kafolatlanadi. Uchinchi qatorda 1 dan 20 gacha bo’lgan bitta butun son – budilnikning takror chalishgacha ketadigan vaqt minutda beriladi.
Chiquvchi ma’lumotlar
Bitta butun sonni - Yo'ldoshning uy’gongan vaqtda budilnik nechanchi marta chalayotganligini chiqaring.
Misollar
№ |
Kiruvchi ma’lumotlar |
Chiquvchi ma’lumotlar |
1 |
05:00 05:00 3 |
1 |
2 |
05:00 10:12 1 |
157 |
Tayyorladi: Azat Yusupov
Online contest#4