Category

Similar Problems

0658. Bir o'lchamli massiv ustida amallar

Time limit : 1000 ms
Memory limit : 128 mb

Yo'ldosh,  Shavkat va G'iyos bir kuni yo’lda ketayotib bir o’lchamli massiv topib olishdi. Keyin uning ustida quyidagicha amallar bajara boshladi: Yo'ldosh yig’indini yaxshi ko’radi, u massivning [L, R] oraliqdagi indeksli elementlarini qo’shib, natijani o’zining yig’indisiga qo’shib oladi.Uning yig’indining dastlabki qiymati nolga teng.  G'iyos ko’paytmani yaxshi ko’radi, u massivning [L, R] oraliqdagi indeksli elementlarini ko’paytirib, o’zining ko’paytmasiga bu sonni ko’paytiradi. Uning ko’paytmasining dastlabki qiymati birga teng. Shavkat esa ikkala amalni ham yoqtirmaydi, shuning uchun u shunchaki massiv elementlarini teskari tartibda joylashtirib chiqadi. Ular bu amallarni birnecha bajargach Yo'ldosh va G'iyosga ularning yi’indisi va ko’paytmalarining qiymatlari qanchaga teng bo’lgani qiziq. Bunday amallar soni ko’p bo’lganligi uchun ular sizning yordamingizga muxtoj. Albatta bu son yetarlicha katta bo’lishi mumkin, shuning uchun ular faqatgina bu sonlarni m ga bo’lgandagi qoldiqni bilishni xohlashadi.

Kiruvchi ma’lumotlar

Birinchi qatorda ikkita butun sonlar n, k, m sonlari berilgan. n – massiv elementlari soni, k – amallar soni, m - qoldiq(1≤n,k≤105, 2≤m≤2∙109). Ikkinchi qatorda n ta butun son - topib olingan massiv elementlari bitta probel bilan ajratilgan holda berilgan. Massiv elementlar 1 dan n gacha indekslangan va qiymatlari 1 dan 109 gacha bo’lishi mumkin. Keyingi k ta qatorda amallar beriladi. Ular quyidagicha beriladi: “Y L R” – Yo'ldoshning amali,  “G L R” – G'iyosning amali(1≤LRn), “Sh” – Shavkatning amali.

Chiquvchi ma’lumotlar

Yo'ldosh va G'iyosning natijaviy sonlarini birinchi qatorda bitta probel bilan ajratib chiqaring.

Misollar

Kiruvchi ma’lumotlar

Chiquvchi ma’lumotlar

1

5 5 19

3 6 4 1 2

Y 1 3

G 3 5

Sh

Y 2 3

G 1 3

18 7

2

4 3 19

5 6 4 1

Sh

Sh

Sh

0 1

 

Tayyorladi: Azat Yusupov

Online contest#4