Category
Similar Problems
0657. Tosh, qaychi, qog'oz
Time limit : 1000 ms
Memory limit : 128 mb
Yo'ldosh, Shavkat va G'iyos juda ko’p vaqt birgalikda musobaqalarga tayyorlanishadi. Tayyorgarlikdan charchagan vaqtda esa har xil o’yinlar o’ynab turishadi. Har kuni karta o’ynayverish jonlariga tegib ketgach nihoyat, ular aqilli bolalar bo’lib boshqa o’yin o’ynashga qaror qilishdi. Uzoq vaqt tortishuvlardan keyin ular endi bundan buyon faqat “Tosh, qaychi, qog’oz” o’yini o’ynashga kelishib olishdi. O’yin qoyidasiga ko’ra har bir o’yinchi birdaniga biror belgini qo’li orqali ko’rsatishadi. Tosh qaychidan, qaychi qog’ozdan, qog’oz esa toshdan ustun keladi. Odatda bu o’yin ikki odam o’rtasida o’ynaladi. Lekin ular uni uchalasi birdaniga o’ynamoqchi. Ikkala raqibidan ham ustun kelgan g’olib hisoblanadi. Ular bu o’yinni yaqinda o’ynab boshlaganligi sababli g’olib kim ekanligini aniqlash ular uchun juda qiyinchilik qilmoqda. Ularga go’lib kimligini aniqlashda yordam bering.
Kiruvchi ma’lumotlar
Birinchi qatorda uchta harf bitta probel bilan ajratilgan holda beriladi. Bu belgilar R, S yoki P bo’lishi mumkin. R – tosh, S – qaychi, P – qog’oz ekanligini bildiradi. Birinchi belgi Yo'ldosh, ikkinchi belgi Shavkat va uchinchi belgi G'iyos ko’rsatgan belgilar.
Chiquvchi ma’lumotlar
Agar Yo'ldosh yutgan bo’lsa “Yo'ldosh”, Shavkat yutgan bo’lsa “Shavkat”, G'iyos yutgan bo’lsa “G'iyos” so’zini chiqaring(qo’shtirnoqsiz). Agar ulardan hech biri yutmagan bo’lsa “None” so’zini chiqaring(qo’shtirnoqsiz).
Misollar
№ |
Kiruvchi ma’lumotlar |
Chiquvchi ma’lumotlar |
1 |
P P S |
G'iyos |
2 |
R R R |
None |
Tayyorladi: Azat Yusupov