Category
Similar Problems
0655. O’suvchi qism ketma-ketliklar
Time limit : 1000 ms
Memory limit : 64 mb
Sizga elementlar soni n bo’lgan va birdan boshlab indekslangan bir o’lchamli a sonli massiv berilgan. a massivning qism massivi deb 1≤i1<i2<..<im≤n (m≥1) shartni qanoatlantiruvchi a[i1], a[i2], …, a[im] lardan tuzilgan sonlarga aytiladi. Umuman olganda jami 2n-1 ta qism ketma-ketlik mavjud. O’suvchi qism ketma-ketlik bo’lishi uchun a[i1]<a[i2]<, …,< a[im] shart bajarilishi kerak. Elementlar soni bitta bo’lgan qism ketma-ketlik o’suvchi bo’ladi. Sizning vazifangiz a massivning o’suvchi qism ketma-ketliklarining sonini topishdan iborat.
Kiruvchi ma’lumotlar
Birinchi n soni berilgan(1≤n≤24). Ikkinchi qatorda n ta butun son – a massivning elementlari probellar bilan ajratib berilgan. Massiv elementlari qiymati modul jihatdan 109 dan oshmaydi.
Chiquvchi ma’lumotlar
Birinchi qatorda masalaning javobini chiqaring.
Misollar
№ |
Kiruvchi ma’lumotlar |
Chiquvchi ma’lumotlar |
1 |
5 5 1 2 4 2 |
10 |
Izoh: O’suvchi qism ketma-ketliklar: (5), (1), (2), (4), (2), (1, 2), (1, 4), (1, 2), (1, 2, 4), (2, 4);