Category
Similar Problems
0652. Eng uzun palindrom
Time limit : 1000 ms
Memory limit : 64 mb
Palindrom satr deb chapdan va o’ngdan bir xil o’qiladigan satrga aytiladi. Masalan abba va ioi palindrom satrlar, abea palindrom emas. s satrning qism satrlari deb barcha 0≤i≤j≤n-1 (bu yerda n − s satrning uzunligi)juftliklar uchun si,si+1…sj lardan tuzilgan satrlarga aytiladi. Masalan aab satrning qism satrlari: a, aa, aab, a, ab, b. Sizning vazifangiz berilgan s satrning polindrom bo’lgan eng uzun qism satrini topish.
Kiruvchi ma’lumotlar
Birinchi qatorda s satr berilgan(1≤|s|≤3000, |s| - s satrning uzunligi). U faqat kichik lotin alfaviti harflaridan iborat bo’ladi.
Chiquvchi ma’lumotlar
Birinchi qatorda eng uzun palindrom qism satrni chiqaring. Agar bunday qism satrlardan birnechta bo’lsa eng birinchi uchraganini chiqaring.
Misollar
№ |
Kiruvchi ma’lumotlar |
Chiquvchi ma’lumotlar |
1 |
eabbadvttvq |
abba |
2 |
acm |
a |