Category
Similar Problems
0646. Maksimal ko’payma
Time limit : 1000 ms
Memory limit : 64 mb
Sizga bir o’lchamli sonli massiv berilgan. Massiv elementlari soni n. Sizning vazifangiz undan elementlarining ko’paytmasi eng katta bo’lgan qism massivni topish. Qism massiv deb massivning biror (i..j)(i=1..n, j=i..n) uzluksiz indekslaridagi elementlardan tuzilgan massivga aytiladi. Aynan shu maksimal ko’paytmani toping. Javob yetarlicha katta bo’lishi mumkin, shuning uchun sizdan faqat uni 1000000007(109+7) ga bo’lgandagi qoldiqni topish so’raladi. Ikki ko’paytmani taqqoslashda ularni qoldiq olgandagi emas, asil qiymatlari taqqoslanishi kerak, faqatgina javob qoldiq bo’yicha chiqarilsin.
Kiruvchi ma’lumotlar
Birinchi qatorda bitta butun son n – massiv elementlari soni berilgan(1≤n≤105). Ikkinchi qatorda n ta butun son−massiv elementlari bitta probel bilan ajratib berilgan. Massiv elementlari qiymatlari 0, 1, 2, 3 yoki 4 bo’lishi mumkin.
Chiquvchi ma’lumotlar
Bitta sonni – masalaning javobini chiqaring.
Misollar
№ |
Kiruvchi ma’lumotlar |
Chiquvchi ma’lumotlar |
1 |
10 2 4 0 4 2 1 3 0 4 4 |
24 |
2 |
2 0 0 |
0 |
3 |
3 0 1 0 |
1 |
Izoh: 1-misoldagi ko’paytmasi eng katta bo’lgan qism masiv elenetlari: 4 2 1 3