Category
Similar Problems
0645. Uchrashuv
Time limit : 1000 ms
Memory limit : 64 mb
To’rtta do’st G’iyos, Jamshid, Shavkat va Yo’ldosh ko’p ishlarni birgalikda qilishadi. Endi ular o’zlariga uy qurishmoqchi. Har bir uyni birgalikda qurishayabdi. G’iyosning uyi (x1, y1) nuqtaga, Jamshidning uyi (x2, y2) nuqtaga, Shavkatning uyi (x3, y3) nuqtaga qurildi. Endi Yo’ldoshning uyini qurishmoqchi. Ular har kecha kimningdir uyida uchrashib, birgalikda masala yechishadi va karta o’ynashadi. Yo’ldosh juda shinavanda yigit bo’lganligi uchun har kecha uning uyida uchrashishni rejalashtirishdi. Endi uning uyini shunday nuqtaga qurishlari kerakki, bu nuqtadan G’iyos, Jamshid va Shavkatning uylarigacha bo’lgan masofalar teng bo’lshi kerak. Ular kuchli dasturchi bo’lganliklari uchun bu nuqtani dastur tuzib topishga qaror qilishdi. Siz ham bu nuqtani topishga harakat qilib ko’ring, balki ulardan oldinroq toparsiz.
Kiruvchi ma’lumotlar
Birinchi qatorda x1, y1, x2, y2, x3, y3 sonlari berilgan. Ularning barchasi butun va modul jihatdan 104 dan oshmaydi. Bu uch nuqta bir tog’ri chiziqda yotmaydi.
Chiquvchi ma’lumotlar
Yo’ldoshning qurilishi kerak bo’lgan uyining x va y koordinatalarni 10-6 aniqlikda bitta probel bilan ajratib chiqaring.
Misollar
№ |
Kiruvchi ma’lumotlar |
Chiquvchi ma’lumotlar |
1 |
1 1 4 2 2 5 |
2.045455 2.863636 |