Category

Similar Problems

0644. Qayta qiymatlash

Time limit : 1000 ms
Memory limit : 64 mb

Bir o’lchamli butun sonlardan iborat massiv berilgan. Uning elementlar qiymatlari -109 dan 109 gacha bo’lishi mumkin. Ma’lumki, undagi har xil sonlar soni uning elementlar soni n dan oshmaydi. Massiv elementlarini qayta qiymatlash da quyidagi shartlar bajarilishi kerak:

1)     Qayta qiymatlashda ishlatiladigan eng minimal son 1 bo’lishi kerak.

2)     Qayta qiymatlashda ishlatiladigan maksimal son iloji boricha eng kichik bo’lishi kerak.

3)     Bir xil qiymatli elementlarning qayta qiymatlangach ham qiymatlari bir xil bo’lishi kerak.

4)     Avvalgi qiymati katta bo’lgan songa kattaroq qiymat berilishi kerak.

Qayta qiymatlash orqali elementlarning asil qiymati yo’qoladi, lekin ularning tenglik, katta-kichiklik haqidagi ma’lumot saqlanib qoladi. Sizning vazifangiz yuqoridagi shartlarni qanoatlantiradigan tartibda berilgan bir o’lchamli massiv elementlarini qayta qiymatlab chiqishdan iborat. Lekin sizdan massivning barcha elementlarini chiqarish emas, faqat ba’zi elementlarini chiqarish so’raladi.

Kiruvchi ma’lumotlar

Birinchi qatorda massiv elementlari soni n berilgan(1≤n≤105). Ikkinchi qatorda n ta son−massiv elementlari bitta probel bilan ajratib berilgan. Massiv elementlari butun va modul jihatdan 109 dan oshmaydi. Uchinchi qatorda so’rovlar soni m(1≤m≤300) beriladi. Keyingi qatorda m ta butun son ki – qayta qiymatlangan massivdagi so’ralgan element indeksi beriladi(1≤ ki ≤n).

Chiquvchi ma’lumotlar

Birinchi qatorda m ta sonni – har bir so’rovga javob sifatida qayta qiymatlangan massivdagi ki – indeksdagi qiymatini so’rovlar berilish tartibida bitta probel bilan ajratib chiqaring.

Misollar

Kiruvchi ma’lumotlar

Chiquvchi ma’lumotlar

1

10

-8 1 -4 6 1 6 6 9 -4 -8

10

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10

1 3 2 4 3 4 4 5 2 1

 

Tayyorladi: Azat Yusupov