Category

Similar Problems

0640. Omadli contest

Time limit : 1000 ms
Memory limit : 64 mb

Bugungi kunda dunyodagi dasturlash bo’yicha eng yaxshi sayt Codeforces sayti hisoblanadi(to’liq adresi: codeforces.ru). Unda doimiy musoboqalar o’tkaziladi va qatnashchilarga uning asosida reyting beriladi. Azat Yusupov codeforcesning ashaddiy muxlisi. U deyarli barcha musoboqalarda qatnashadi. Uning uchun reyting avvalgisiga nisbatan ko’tarilishi uning uchun omadli contest, tushishi yoki o’zgarmasligi esa omadsiz contest hisoblanadi. Sizga uning ma’lum oraliqda qatnashgan musoboqalardan keyingi reytinglari va bu musoboqalarga qatnashishdan oldingi reytingi berilgan. Sizning vazifangiz Azat Yusupov uchun maksimal nechta ketma-ket uzluksiz omadli contest bo’lganligini topish.

Kiruvchi ma’lumotlar                                        

Birinchi qatorda n – qaralayotgan musoboqalar soni(1≤n≤105) va X bu musoboqlarga qatnashishdan oldingi reytingi berilgan. Ikkinchi qatorda n ta butun son – har bir musobaqadan keyingi reyting berilgan. X soni va har bir reyting butun va 0 dan 3200 gacha bo’lishi mumkin.

Chiquvchi ma’lumotlar

Bitta sonni – masalaning javobini chiqaring.

Misollar

Kiruvchi ma’lumotlar                       

Chiquvchi ma’lumotlar

1

12 1678

1736 1770 1789 1747 1762 1739 1728 1746 1828 1868 1914 1823

4

2

4 2010

1931 1859 1823 1765

0

3

1 1716

1723

1

Izoh: 1-misolda uzluksiz omadli contestlar : (1, 2, 3), (5), (8, 9, 10, 11). Demak maksimal ketma-ket 4 ta omadli contest bo’lgan.

 

Tayyorladi: Azat Yusupov