Category
Similar Problems
0630. Matritsa diagonallari
Time limit : 1000 ms
Memory limit : 64 mb
Sizga kvadrat matritsa berilgan. Uning yordamchi diagonallari rasmda ko’rsatilgandek tartibda nomerlangan. nxn matritsada jami 2n-1 yordamchi diagonallari mavjud.
Sizning vazifangiz har bir yordamchi diagonaldagi sonlar yig’indilarini topishdan iborat.
Kiruvchi ma’lumotlar
Birinchi qatorda bitta butun son n matritsaning satr va ustunlar soni berilgan(1≤n ≤250). Keyingi n qatorda har birida n ta sondan matritsa elementlari bitta probel bilan ajratib berilgan. Matritsa elementlari butun sonlar va modul jihatdan 105 dan oshmaydi.
Chiquvchi ma’lumotlar
Birinchi qatorda 2n-1 ta sonni – har bir yordamchi diagonalga tegishli elementlar yi’gindilarini ular nomerlangan tartibda bitta probel bilan ajratib chiqaring.
Misollar
№ |
Kiruvchi ma’lumotlar |
Chiquvchi ma’lumotlar |
1 |
4 5 -5 -12 1 7 8 20 0 2 -13 -10 -11 7 7 -1 19 |
5 2 -2 15 -3 -12 19 |