Category
Similar Problems
0627. Bir o’lchamli massiv
Time limit : 1000 ms
Memory limit : 64 mb
Sizga bir o’lchamli, birdan boshlab indekslangan sonli massiv berilgan. Uning ustida quyidagi 2 ta tipdagi amal bajariladi.
1) 1 L R amali. Bunda bir o’lchamli massivning [L..R] indekslarida turgan elementlarning yig’indisini topishingiz kerak.
2) 2 id x amali. Massivning id indeksida turgan elementi qiymatini x ga almashtirish.
Kiruvchi ma’lumotlar
Birinchi qatorda n – massiv elementlari soni va m – so’rovlar soni berilgan(1≤n,m≤600). Ikkinchi qatorda n ta son - massiv elementlari bitta probel bilan ajratib berilgan. Massiv elementlari butun va modul jihatidan 106 dan oshmaydi. Keyingi m ta qatorda har birida amallar beriladi. Birinchi amal tipi type beriladi.Agar type=1 bo’lsa undan so’ng L va R sonlari beriladi, type=2 bo’lsa id va x butun sonlari beriladi(1≤L≤R≤n, 1≤id≤n, |x|≤106).
Chiquvchi ma’lumotlar
Har bir 1-tip amal uchun so’ralgan yig’indining qiymatini alohida qatorlarda chiqaring.
Misollar
№ |
Kiruvchi ma’lumotlar |
Chiquvchi ma’lumotlar |
1 |
5 4 5 7 8 4 6 1 2 4 2 3 10 1 2 4 1 5 5 |
19 21 6 |