Category
Similar Problems
0625. Tekshiruv
Time limit : 1000 ms
Memory limit : 64 mb
Yechimlarni avtomatlashgan tekshiruv tizimlari chekerlarida foydalanuvchining biror masalaga yechimini tekshirish uchun avval u chiqargan qiymatning tipini aniqlash lozim bo’ladi. Sizning vazifangiz berilgan qiymatning tipini aniqlovchi dastur tuzish. U quyidagicha bo’lishi mumkin:
1) int – butun son.
2) double – butun bo’lmagan xaqiqiy son. “.56” va “87.” sonlari ham xaqiqiy son, lekin “.” xaqiqiy son emas.
3) string – son bo’lmagan satr tipli ma’lumot.
Kiruvchi ma’lumotlar
Birinchi qatorda tekshirish lozim bo’lgan satr berilgan. U bo’sh emas va uzunligi 200 simvoldan oshmaydi. Unda katta va kichik lotin alfaviti harflari, raqamlar, nuqta, ‘-’ belgisi qatnashishi mumkin.
Chiquvchi ma’lumotlar
Birinchi qatorda berilgan ma’lumotning tipini chiqaring.
Misollar
№ |
Kiruvchi ma’lumotlar |
Chiquvchi ma’lumotlar |
1 |
-034 |
int |
2 |
45.56 |
double |
3 |
45ds.3 |
string |
4 |
. |
string |