Category
Similar Problems
0585. Contest tayyorlash
Time limit : 1000 ms
Memory limit : 128 mb
Sizda n ta masala bor va i-masalaning murakkabligi ci ga teng. Shu masalalardan foydalanib contest o’tkazishingiz kerak. Contest o’tkazish uchun kamida 2 ta masala tanlash lozim va tanlangan masalalarning umumiy murakkabligi(murakkabliklarining yig’indisi) kamida L, ko’pi bilan R ga teng bo’lishi lozim. Undan tashqari tanlangan masalalardan eng qiyin va eng oson masalalarning murakkabliklari farqi kamida x ga teng bo’lishi lozim.
Contest uchun masalalarni necha xil usulda tanlash mumkinligi toping.
Kiruvchi ma’lumotlar
Birinchi qatorda n, L, R, x butun sonlari beriladi(1≤n≤15, 1≤L≤R≤109, 1≤x≤106). Ikkinchi qatorda n ta butun son – c1, c2, …, cn lar beriladi(1≤ c2 ≤106).
Chiquvchi ma’lumotlar
Contest uchun masala tanlash usullari sonini chiqaring.
Misollar
№ |
Kiruvchi ma’lumotlar |
Chiquvchi ma’lumotlar |
1 |
3 5 6 1 1 2 3 |
2 |
2 |
4 40 50 10 10 20 30 25 |
2 |
3 |
5 25 35 10 10 10 20 10 20 |
6 |
Birinchi testda bitta varianti 2 va 3-masalalarni tanlash, yana bitta varianti barcha masalalarni tanlash.