Category

Similar Problems

0571. Vinni Pux

Time limit : 1000 ms
Memory limit : 128 mb

Ma’lumki, Vinni Pux asalni juda yoqtiradi. U yaqinda qish uchun asal yig’ishni boshladi. Uning idishi pastki qismi yarim shar va yuqori qismi kesik konus bo’lgan shaklda. Shar radyusi va konus pastki asosi radyusi R, konus yuqori asosi radyusi r ga teng. Konusning yasovchisi esa l ga teng va konus asoslari markazlarini orqali o’tgan to’g’ri chiziq yerga perpendikulyar bo’ladigan qilib idish joylashtirilgan(rasmga qarang).

Vinni Pux n kun davomida har i-kuni a[i] hajmdagi suyuq asal olib keladi va uni yuqorisidan idishga quyadi. Har kuni asalni quygandan so’ng undagi asalning balandligi qanday bo’lganligini o’lchashga urinib ko’radi. Lekin idish ichi tashqaridan ko’rinmaganligi sababli Vinni Pux bu ishda qiynalmoqda. Har kuni idishga qancha asal quyilishini bilgan holda idishdagi asalning balandligini topishda Vinni Puxga yordam bering.

Kiruvchi ma`lumotlar: Birinchi  qatorda  bitta butun n (1 ≤ n ≤ 100) soni – necha kun asal quyilishi berilgan. Ikkinchi qatorda  R, r, l (1≤r,l,R≤1000, r<R, l>R-r) butun sonlari berilgan. Uchinchi qatorda n ta butun son – ai  har kuni qancha asal quyilishi berilgan (0  ≤ ai  ≤ 1000000).

Chiquvchi ma`lumotlar: n ta qatorda har kuni navbatdagi asalni idishga quygandan keyingi asalning balandligini 10-4 aniqlikda chiqaring.

Kiruvchi ma`lumotlar

Chiquvchi ma`lumotlar

3

5 3 4

150 130 100

3.5346

5.2382

6.8858

 

Avtor: Azat Yusupov
TATU, uning filiallari va INHA universiyeylari 1-kurs talabalari o'rtasidagi olimpiada finali 2016