Category

Similar Problems

0564. Inkrement va dekrement

Time limit : 1000 ms
Memory limit : 128 mb

C++ dasturlash tilida Increment va Decrement tushunchalari mavjud ularning tariflari quyidagicha:

1.Increment – birga oshirish ya`ni Increment ni Inc(x) funksiyasi sifatida ifodalasak. Inc(x) = x + 1 qiymatni qabul qiladi.C++ tilida bu amalni quyidagi ko`rinishlarda yozish mumkin: x = x + 1;   x += 1; x++; Ya`ni x++ Inc(x) funksiyasining qisqa yozilishi.

2. Decrement – birga kamaytirish ya`ni Decrement ni Dec(x) funksiyasi sifatida ifodalasak. Dec(x) = x - 1 qiymatni qabul qiladi.C++ tilida bu amalni quyidagi ko`rinishlarda yozish mumkin: x = x - 1;   x -= 1; x--; Ya`ni x-- Dec(x) funksiyasining qisqa yozilishi.

Simvollar uchun aniqrog`i kichik lotin harflari uchun bu tushunchalar ta`riflari quyidagicha:

Biror bir x harf uchun Inc(x) funksiyasi alfavit bo`yicha keying harfga teng. Ya`ni Inc(‘a’) = ‘b’, Inc(‘b’) = ‘c’… Inc(‘z’) = ‘a’

Dec(x) funksiyasi esa Biror bir x harf uchun alfavit bo`yicha undan oldingi simvolga teng. Ya`ni Dec(‘z’) = ‘y’, Dec(‘y’) = ‘x’ … Dec(‘a’) = ‘z’. Sizga S satr beriladi Siz Inc(x) yoki Dec(x) funksiyasi qo`llashingiz mumkin. S satrdagi biror bir x harf uchun Inc(x) yoki Dec(x) ni qo`llasak bu satrdagi hamma harflar uchun tegishli bo`ladi. Masalan: aba satri uchun Dec(‘a’) amalini qo`llasak   zbz satri hosil bo`ladi, agar Inc(‘a’) ni qo`llasak bbb satri hosil bo`ladi.Sizning vazifangiz minimal amal bajarib S satrdagi hamma harflarni bir hil harfga aylantirish.Minimal amallar sonini toping.

Kiruvchi ma`lumotlar : Bitta qatorda S satri (|S| <= 105).Bu yerda |S| -satr uzunligi.

Chiquvchi ma`lumotlar: Bitta butun son masala javobi.

Kiruvchi ma`lumotlar

Chiquvchi ma`lumotlar

aba

1

abc

2

Izoh : Birinchi test uchun javob 1 bu: Inc(‘a’)  ni qo`llasak aba satr bbb satrga aylanadi, yoki Dec(‘b’) ni qo`llasak aaa satr hosil bo`ladi.

 

Avtor: Islom Iskandarov
TATU, uning filiallari va INHA universiyeylari 1-kurs talabalari o'rtasidagi olimpiada saralash turi 2016