Category
Similar Problems
0554. Yugurish maydoni-2
Time limit : 1000 ms
Memory limit : 64 mb
TATU Urganch filiali olimpiadachilari o’qishdan bo’sh vaqtlarida sport bilan shug’ullanishni davom ettirishmoqda. Ular o’zlari uchun qurgan tog’ri to’rtburchak shaklidagi maydonini o’zgartirishga qaror qilishdi va bu yugurish maydonini to’g’ri burchakli uchburchak shakliga keltirishdi. Ular qurgan maydonning Dekart koordinatalar sistemasida joylashgan o’rni (0,0) , (0,a) va (b, 0) nuqtalarga to’gri keladi.
Olimpiadachilar hozirda bu maydonda yugurish mashg’ulotlarini olib borishmoqda. Ular (0,0) nuqtadan soat strelkasi yo’nalishida maydonning perimetri bo’ylab yugurishni boshlashdi. S masofani bosganlaridan so’ng charchab qolishdi va dam olishga qaror qilishdi. Olimpiadachilar dam olish jarayonida qiziq bir masala ustida bosh qotira boshlashdi. Ya’ni ular S masofani bosib o’tganliklarini bilgan holda hozirda qaysi koordinatada joylashganliklarini aniqlashmoqchi. Ular bu masalani yechishda qiyinchiliklarga duch kelishdi va sizdan yordam so’rashmoqda.
Kiruvchi ma’lumotlar: Yagona satrda a, b, S butun sonlar (1 ≤ a, b, S ≤ 109).
Chiquvchi ma’lumotlar: Yagona satrda x va y xaqiqiy sonlar, hozirda olimpiadachilar joylashgan nuqtaning koordinatalarini 10-2 aniqlikda chiqaring.
№ |
Kiruvchi ma’lumotlar |
Chiquvchi ma’lumotlar |
1 |
10 20 10 |
0.00 10.00 |
2 |
10 20 30 |
17.89 1.06 |
TATU Urganch filiali 1-kurs talabalari o'rtasida musobaqa. 8 may 2016