Category

Similar Problems

0551. Maxsimal yuzali uchburchak

Time limit : 1000 ms
Memory limit : 64 mb

Uzunliklari a, b va c ga teng bo’lgan kesmalar berilgan. Ularning uzunliklarini istalgancha qisqartirishga ruxsat etiladi(umuman hech birini qisqartirmaslik ham mumkin). Olib tashlangan qismlarni foydalanish mumkin emas. Ularni shunday qisqartirish kerakki ulardan foydalanib uchburchak yasaganda uning yuzasi eng katta bo’lsin. Sizning vazifangiz bu eng katta yuzani topishdan iborat.

Kiruvchi ma`lumotlar. Birinchi qatorda a, b, c butun sonlari – kesmalarning uzunliklari berilgan(1≤a,b,c≤10000).

Chiquvchi ma`lumotlar. Kesmalarning uzunliklarini qisqartirish orqali hosil qilish mumkin bo’lgan eng katta yuzali uchburchakning yuzasini 10-4 aniqlikda chiqaring.

Kiruvchi ma`lumotlar

Chiquvchi ma`lumotlar

4 5 6

9.9216

 

 

 

Avtor: Azat Yusupov
TATU Urganch filiali 1-kurs talabalari o'rtasida musobaqa. 8 may 2016