Category
Similar Problems
0542. Turnir
Time limit : 1000 ms
Memory limit : 64 mb
TATU Urganch filiali o`z talabalarini dasturlashga bo`lgan qiziqishini oshirish maqsadida har yili turnir o`tkazib turadi. Turnir oldidan qatnashchilarga maxsus futbolkalar beriladi. Ammo kimgadir futbolka katta, kimgadir kichik o`lchamli futbolkalar nasib qiladi. Bu safar shuni oldini olish maqsadida rahbariyat har bir qatnashchidan o`ziga to`g`ri keluvchi 2 o`lchamni yozib berishni so`radi.
Futbolka o`lchamlari 6 xil bo`lib ular quyidagicha.
XXL , XL , L , M , S , XS
Tashkilotchilar N ta rangga buyurtma berishdi va 6 ta o`lcham mavjud bo`lgani uchun ularda 6 * N ta futbolka bor.Turnirda esa M ta ishtirokchi qatnashadi. Har bir ishtirokchi olgan futbolkasi yozib bergan 2 o`lchamdan biriga to`g`ri kelishini xohlaydi. Sizdan tashkilotchilar futbolkalarni to`g`ri taqsimlay olishadimi yo`qmi topish so`raladi.
Kiruvchi ma`luotlar:
Birinchi qatorda N va M soni. N ta rang va M ta ishtirokchi. (1 <= N,M <= 100)
Keyingi M ta qatorda 2 ta o`lcham probel bilan ajratilgan holda beriladi.
Chiquvchi ma`lumotlar:
Agar taqsimlay olishsa “YES” aks holda “NO” so`zini chiqaring.
Kiruvchima`lumot |
Chiquvchima`lumotlar |
3 6 L XL XL L XXL XL S XS M S M L |
YES |