Category

Similar Problems

0527. Sayohat

Time limit : 2000 ms
Memory limit : 256 mb

Xudoyshukur va Dilmurod dam olish maqsadida Catalonyaning  “Magrana” nomli kichik oroliga borishdi.  “Magrana” oroli kichik bo`lishiga qaramasdan u yerda osmono`par binolar juda ko`p va orol bo`lganligi sababli barcha binolar bir-birlariga qo`shilgan holda qurilgan. Aksiga olib Xudoyshukur va Dilmurod borgan paytlarida “Magrana” orolida suv toshqini boshlangan ekan. Bu ikki do`st kema orqali bu shaharning suv ostida qolishini kuzatgan holda har bir kun davomida binolarning  1 qavati suv ostida qolayotganini sezib qolishdi.  Binolarning balandligi turli hil bo`lganligi sababli kunlar o`tishi bilan ular suv yuzasidan turgan holda qaragnda binolar aloxida - aloxida qismlarga bo`lingan holda ko`rinar edi. Dilmurod bu xolatni har kuni o`z yon daftarchasiga yozib bordi.Dilmurod uyiga qaytgach ayrim ma’lumotlarni yo’qotib qo’ydi va ma’lumotlarni qayta tiklash uchun Xudoyshukurdan yordam so’radi. Dilmurodning qo’lida “Magrana” orolidagi binolar balandliklari bor xolos. Darxol Xudashukur C++ dasturlash tili orqali bu malumotlarni qayta tikladi. Dilmurod esa i-kunda binolar qancha bo`lak bo`lib ko`ringanini bilmoqchi bo`lsa Xudoyshukur darxol javob qilaredi. Xudoyshukur orolda payti boshqa ishlar bilan shug’ullangani sabab Dilmurod Xudoyshukurning ma’lumotlariga shubha bilan qaramoqda. Binolar balandligini bilgan holda ma’lumotlarni qayta tiklab Dilmurodga yordam bering.

Kiruvchi ma`luotlar

Birinchi qatorda n  va m sonlari berilgan(1<=n,m<=106) n – binolar soni va m –so’rovlar soni.

Ikkinchi qatorda n ta binoning balandligi hi beriladi (1 <= hi <= 109)

Keyingi qatorda m ta so’rov  orqali kunlar ti beriladi (1 <= ti <= 109) (ti < ti+1 < … < tn)

Chiquvchima`lumotlar:

Bitta sonni - har bir i-uchun ti kundagi binolar qancha qism bo’lib qolganliklari yig’indisini chiqaring.

Kiruvchi ma`lumot

Chiquvchi ma`lumotlar

10 10

1 2 3 4 5 1 2 3 2 1

1 2 3 4 5 10 20 30 40 50

6

15 15

10 10 10 10 10 10 10 10 10 10 10 10 10 10 10

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15

9

Birinchi testda ti lar:

2 2 1 1 0 0 0 0 0 0

Tayyorladi: Shohruh Durdiev