Category

Similar Problems

0496. Asterix va damlama

Time limit : 1000 ms
Memory limit : 64 mb




Barchaga ma’lumki Asterix Getafix tayyorlagan damlamadan ichganida ma’lum bir muddatga beqiyos kuch va talantga ega bo’ladi. Endi Getafix Asterix ning aqliy mahoratini sinash maqsadida unga o’zi doim tayyorlab beradigan damlamadan ozgina farq qiladigan N ta idishga damlama tayyorlab berdi. Bu damlamaning oldingisidan farqi shundaki har bir idishdagi damlama ai sekund mobaynida ta’sir qiladi va k – bo’lib ichilgan damlama Asterix ni ai – k  sekund mobaynida ta’sir qiladi. Getafix bu N ta damlamani Asterix ga berishidan oldin unga eng ko’p vaqt mobaynida bu damlamalar ta’sirida bo’lish vazifasini topshirdi. Asterix bu vazifani to’laqonli uddaladi.

Endi Getafix sizning qanchalik bilimdon ekanligingizni sinash maqsadida Asterixga bergan damlamalarining soni va har bir damlama necha sekund mobaynida tasir qilishi haqidagi ma’lumotlarni sizga bergan holda Asterix necha sekund mobaynida bu damlamalar ta’sirida bo’lganligi haqidagi ma’lumotni aytishingizni xoxlayapti.

Kiruvchi ma’lumot:

Birinchi qatorda bitta butun son damlamalar soni N(1 N105). Ikkinchi qatorda N ta butun son ai (1ai109) berilgan.

Chiquvchi ma’lumot:

Bitta butun son, Asterix necha sekund mobaynida damlamalar ta’sirida bo’lganini toping

Kiruvchi ma’lumot

Chiquvchi ma’lumot

10

5 8 20 4 9 16 9 10 37 7

81

 

Avtor: Sunatullo Hojiyev
Dasturlash bo'yicha jamoaviy olimpiada 1-bosqich, saralash turi.