Category
Similar Problems
0492. Minion va tenglama
Time limit : 1000 ms
Memory limit : 64 mb
Yaqinda bitta minion yangicha bir tenglama o’ylab topdi va uni minion tenglamasi deb nomladi. i ning j soniga bo’lib, qoldik olinganini i mod j ko’rinishida ifodalasak. Kashfiyotchi minionning aytishicha, minion tenglamasi – a mod x = b ko’rinishida bo’ladi, bu yerda a va b sonlari – manfiy bo’lmagan sonlar, x – soni esa o’zgaruvchi hisobda olinadi. Bu yerda x sonni a mod x = b tenglamani qanoatlantiruvchi yechim deb nomlaymiz.
Kashfiyotchi minion bu tenglamani yechishning juda oson usulini topdi va bu unga unchalik qiyinchilik tug’dirmadi. Endi unga bu tenglamaning nechta yechimga egaligi qiziq bo’lib qoldi. Sizga a va b sonlari beriladi. Siz kashfiyotchi minionga yordam beruvchi dastur tuzishingiz so’raladi.
Kiruvchi ma’lumotlar: Bitta satrda ikkita son – a va b sonlari bitta probel bilan ajratilgan holda beriladi(0 <= a, b <= 109).
Chiquvchi ma’lumotlar: Yuqorida keltirilgan minion tenglamasining yechimlar sonini chiqaring. Agarda yechimlar cheksiz ko’p bo’lsa “banana” so’zini chiqaring.
№ |
Kiruvchi ma’lumotlar |
Chiquvchi ma’lumotlar |
1 |
21 5 |
2 |
2 |
10 10 |
banana |
Tayyorladi: Yo'ldoshboy Sultonov, Temurbek Kutliboyev, Nodirbek Sa'dullayev