Category
Similar Problems
0491. Minionlar va lampochka
Time limit : 1000 ms
Memory limit : 64 mb
Minionlar ishdan bo’sh vaqtda juda zerikishadi. Har safar har xil o’yinlar o’ylab topadigan minion ABC bu safar ham qiziq bir o’yin o’ylab topdi. U o’z xonasi tashqarisidagi yo’lak boshida turib, barcha lampochka(chiroq)larni o’chirib yoqib o’ynagandan keyin, u bu ishni biror qonuniyat yordamida qilmoqchi bo’ldi. Yo’lakda N ta lampochka bor, oldiniga hamma lampochkalar yoniq holda turibdi, har bitta lampochkani o’chirib yoqish uchun bitta knopka bor, knopka bosilganda chiroq yoniq turgan bo’lsa o’chadi, aks holda chiroq yonadi. U yo’lak boshida turib N marta yo’lakda borib keldi, har borganida nechanchi marta borishi bo’lsa, shu songa karrali nomerda turgan chiroqlarning knopkalarini bosib chiqadi(ya’ni borishdagina knopkalarni bosib chiqadi, qaytishda emas). ABC bu ishni ko’p marotaba takrorladi, bundan keyin qaysi chiroqlar yoniq qolganini oldindan bilib do’stlariga bu ishni qilishda biror fokusga o’xshatib ko’rsatmoqchi bo’lgandi. Lekin buni u oldindan hisoblab chiqa olmadi. Shu ishni qilgandan keyin qaysi chiroq yoniq qolishini oldindan aytish qiyin albatta. Sizga N soni beriladi, siz shunday dastur tuzingki, ABC do’stlariga N-chiroq qay holda qolishini ayta bilsin. ABC ga yordam bering.
Kiruvchi ma’lumotlar: Birinchi qatorda N natural soni (1 ≤ N ≤ 1018).
Izoh: sonlarni o’qib olishda C++ tilida “long long”, Pascalda int64 va Javada “Long” tipidan foydalaning.
Chiquvchi ma’lumotlar: ABC yuqorida keltirilgan ishni qilgandan keyin N – chiroqning yoniq yoki yoniq emasligini aniqlang. Agar chiroq yoniq qolgan bo’lsa “Yeah” so’zini, aks holda “Ehh” so’zini chiqaring.
№ |
Kiruvchi ma’lumotlar |
Chiquvchi ma’lumotlar |
1 |
3 |
Yeah |
Tayyorladi: Yo'ldoshboy Sultonov, Temurbek Kutliboyev, Nodirbek Sa'dullayev