Category
Similar Problems
0486. Dehqonga yordam
Time limit : 1000 ms
Memory limit : 64 mb
Yaqinda bir dehqon o’zining qancha yeri borligi bilan qiziqib qoldi. Dehqonning yeri trapetsiya shaklida. U aylanani yaxshi ko’radi. Shuning uchun u barcha yerini foydalanmasdan undan doira shaklidagi maksimal yuzaga ega yerga ekin ekadi. U o’z ekinlarini har doim kuzatib yurishni va ularning o’sishidan zavq olishni juda yoqtiradi. Shuning uchun har u maydonining bitta yon tomonidan ikkinchi yon tomoniga boradigan so’qmoq yasadi. Bu so’qmoq maydonning yon tamonlarini tutashtiradi va to’laligicha doira shakldagi ekin ekiladigan maydonga tegishli. Uning ekin ekiladigan maydoni radiusi R ga teng, har kuni yuradigan so’qmoq uzunligi esa X ga teng. Birnecha marta yurgach u bu so’qmoqning maydon(trapetsiya) asoslariga parallel ekanligini bildi. Dehqonga o’zining umumiy qancha yeri borligini hisoblashda yordam bering.
Kiruvchi ma’lumotlar: R va X haqiqiy sonlari. (1 ≤ R, X ≤ 1000, X ≤ 2*R).
Chiquvchi ma’lumotlar: Masala javobini 10-4 aniqlikda chiqaring.
№ |
Kiruvchi ma’lumotlar |
Chiquvchi ma’lumotlar |
1 |
1 1.3 |
6.1538 |
Tayyorladi: Yo’ldoshboy Sultonov